Bugun, 31-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida targʻibot tadbiri o'tkazildi.
Mazkur tadbirda universitet rektori A.Yuldashev, Ombudsmanning Andijon viloyat mintaqaviy vakili G.Abduvohidova, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali rahbari oʻrinbosari A.Hayotbek, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha birinchi prorektor A.Hamraqulov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor I.Karimjanov, professor-oʻqituvchilar hamda 320 nafar talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Ombudsmanning Andijon viloyati mintaqaviy vakili G.Abduvohidova hamda Fuqarolik jamiyati kafedrasi o‘qituvchisi Xabibullo Husanovlar o'z ma'ruzalarida professor-o'qituvchilarimiz va talabalarga referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mamlakatimiz va unda istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotida tutadigan o‘rni, yoshlarga qaratilgan e'tibor, kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini yuksaltirishga qaratilganligini ta'kidlab o'tdilar.
Bundan tashqari, qatnashchilar yangilanayotgan Qomusimizda professor-o’qituvchilar va oliy ta’limga oid ko'plab normalar kiritilayotgani haqida ma’lumot olishdi.
Shundan so'ng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini qo'lga kiritgan 15 nafar iqtidorli talabalar va ularning ilmiy rahbarlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda ishtirokchilar yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI