Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY KENGASHINING 2022/2023-O’QUV YILIDAGI 8-SONLI YIG’ILISHI O’TKAZILDI
2023-03-30    328

Bugun, 30-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida Ilmiy kengashining 2022/2023-o'quv yilidagi 8-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida, rektori O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligiHay'at qaror va buyruqlari hamda uning ijrosini ta'minlash, chora-tadbirlarini belgilash va berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, professor-o'qituvchilarni va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berib o'tdi va universitet professori Salimaxon Mirzayevani hamda Bahodir Rahmonovlarni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi bo‘lganligi va Dilfuzaxon To‘ychiyevani professorlik ilmiy unvoni diplomni olganligi bilan samimiy qutladi.

Yig'ilishda o'quv ishlari bo'yicha prorektor R.Mullajonov so'z olib, professor-o'qituvchilarning pedagogik faoliyatining samaradorligini oshirish, o'quv jarayonining qanday tashkil etilganligi, o'quv-me'yoriy hujjatlarni yuritilish holati, universitet huzuridagi texnikum kafedralari va universitet kafedralarining hamkorlikdagi ishlari faoliyatining tahlili, ish yuritish tartiblari, talabalarga yaratilgan sharoitlar borasida so'z yuritdi.

Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor A.Hamraqulov esa O‘zbekistonda Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumini — 30 aprel, yakshanba kuni o‘tkazish Moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko‘payganligi bo'yicha ma'lumot berib o'tdi.  Shu bilan bir qatorda universitetda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish, bu bo'yicha kerakli shart-sharoitlar yaratish hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha kelgusi bir oy davomidagi qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi. 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.