Bugun, 30-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida targʻibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar hamda 300 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda ma'ruzachi Fuqarolik jamiyati kafedrasi o‘qituvchisi Xabibullo Husanov tomonidan yurtimizda bo’lib o’tadigan referendum jarayonida Bosh Qomusimiz - Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar haqida keng qamrovli tushunchalar berib, talaba-yoshlarga yangilanayotgan Konstitutsiyada yoshlarga alohida e’tibor qaratilayotgani, jumladan ta’lim sohasi, ilm-fanga oid normalar qariyb ikki barobarga oshirilayotgani bo'yicha atroflicha tushunchalar berdi.
Tadbirda ishtirokchilar yangilanayotgan Konstitutsiyada professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar va oliy ta’limga oid ko'plab normalar kiritilayotgani haqida ma’lumot olishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI