Andijon Davlat
Universiteti
ASAKA TUMANIDA YASHOVCHI IMKONIYATI CHEKLANGAN FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINIB, IFTORLIK DASTURXONI TASHKIL ETILDI
2023-03-29    553

Mehr-muruvvatli va bagʻrikeng xalqimiz azal-azaldan yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan insonlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatishni jamiyatda tinchlik, doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardan biri sifatida eʼzozlab keladi.

Bugun, 29-mart kuni Andijon davlat universiteti ma'muriyati tomonidan "Madaniyat va yoshlar oyligi" doirasida Asaka tumanida istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan fuqarolarning holidan xabar olinib, iftorlik dasturxoni tashkil etildi.

Tadbir doirasida Obod, Bobur, Qoraqiy va Nurafshon MFYda yashovchi 32 nafar imkoniyati cheklangan oilalar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari oʻrganildi hamda ularga amaliy yordam koʻrsatildi.

Shundan so'ng, Obod mahalla fuqarolar yig'inida mana shunday oila vakillari va nuroniylar uchun dasturxon yozilib, unga xalqimizning milliy shoh taomi – osh tortildi.

Andijon davlat universiteti tomonidan bunday xayr-saxovat tadbirlari viloyatning boshqa hududlarida ham oʻtkazilishi belgilangan.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.