Joriy yilning 27-mart kuni Andijon davlat universitetida Xodimlar bo'limining ishchi-xodimlari hamda Filologiya fakulteti talabalari uchun universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan "Korrupsiya rivojlanishimizga to'siq" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, Xodimlar bo‘limi boshlig‘i B.Tojiboyev, xodimlar bo‘limi ishchi-xodimlari hamda fakultetning 120 nafardan ziyod talaba-yoshlari ishtirok etdi.
Suhbat avvalida bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov so‘z olib, hozirgi kunda yurtimizning barcha sohalarida islohotlar bo‘layotganligini ta’kidlab, oliy ta’lim sohasini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida bir qancha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi va bo'lim xodimlariga ma’lumotnomalar, diplom va ilovalardan nusha va ko‘chirmalar hamda o‘qishni tamomlagan talabalarga diplom va ilovalarini berishda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bordi.
Shuningdek, magistratura va doktoranturaga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat olish tartibi belgilangan va ushbu sertifikatlarni turli noqonuniy yo‘llar bilan olmasliklari, firibgarlik yo‘li bilan pul undirayotganlarga duch kelganda yoki guvohi bo‘lgan taqdirda bo‘limning telegramdagi botiga yoki ishonch telefon raqamiga murojaat qilishlari aytib o‘tildi.
Shundan so'ng B.Tojiboyev tomonidan xodimlarga yurtimizda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga barham berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shu ishlardan kelib chiqib bo‘limdagi ishchi-xodimlar ham korrupsiyaga qarshi birdek kurashishlari lozim ekanligini, bu ishlarda avvalo tajribasi yuqori bo‘lgan xodimlar o‘rnak bo‘lib xizmat qilishligini takidlab, talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida bundan buyon xodimlar bo‘limidan olinadgan ma’lumotnomalar hamda diplom va ilovalardan ko‘chirma va nushalar olishda xodimlar bo‘limiga emas fakultet dekanatiga murojaat qilishlari mumkinligini tushuntirib o‘tildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI