Bo‘z tibbiyot kollejida “O‘zbek oilasining ma’naviy asoslari” mavzusida darva suhbati o‘tkazildi. Unda Andijon davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Umidaxon Ahmedova boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va universitet qoshida tashkil etilgan “Qizlarjon” klubi faollari ishtirok etdi.
Davra suhbatida oilaning muqaddasligi, oilaviy tadbirlarning ixcham va tartibli o‘tkazilishi, qizlarning omma oldidagi yurish-turishi, axloq odobi, madaniyati va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish haqida tushunchalar berildi. Bundan tashqari turmush qurayotgan yoshlar o‘rtasida urf bo‘layotgan “Ommaviy madaniyat” ning salbiy oqibatlari haqida ham fikrlar yuritildi.
Universitetning tilshunoslik kafedrasi professori Shoxida Shaxobiddininova, psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Iltifotxon Hakimova, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va xuquq ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilbar Usmonovalarning ma’ruzalari yoshlarning xayotiy bilim va xuquqiy ongini yanada shakllantirish borasida maslaxat va tavsiyalarini berib o‘tdilar.
Shuningndek, “Qizlarjon” klubi faollari Shaxzoda Yo‘lchieva, Madina Yunusalieva, Gulchexra Zoxidova, Mashxura Tursunpo‘latova, Muattar Nabieva, Madina Mirzaeva, Shaxzoda Yuldasheva, Oydina Xolmatovalar klub qoshida tashkil etilgan “Tikuvchilik”, “To‘quvchilik”, “Pazandachilik”, “Moxir qo‘llar” to‘garaklarning faoliyati to‘g‘risida kengroq ma’lumotlar taqdim qildilar.
Tadbir yakunida “Qizlarjon” klubning faol a’zolari o‘zbek xalq laparlarini va milliy raqslar guldastasini ommaga taqdim yetib, barcha tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI