Andijon Davlat
Universiteti
TTJDA ISTIQOMAT QILAYOTGAN TALABALAR O'RTASIDA "PAZANDA QIZLAR" TANLOVI TASHKIL ETILDI
2023-03-28    425

Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetida "Yoshlar va madaniyat" oyligi doirasida talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida turli musobaqalar, madaniy tadbirlar va tanlovlar o'tkazilmoqda.

Kuni kecha Andijon davlat universitetining uchinchi talabalar turar joyida "Yoshlar va madaniyat" oyligi doirasida talaba-qizlar o'rtasida  “Pazanda qizlar" koʻrik-tanlovi o'tkazildi.

Tanlov doirasida TTJda istiqomat qiluvchi 10 dan ziyod qizlar turli shirinliklar va salat tayyorlash bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish qildilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra, Fizika-matematika fakulteti talabasi Barchinoy Omonova 1-o'rinni, Muxlisa Ibrohimova 2-o'rinni, Munisa Holqo'ziyeva 3-o'rinni, Mohlaroyim Keldiboyeva esa 4-o'rinni egalladi.

Gʻolib va sovrindor talaba-qizlar universitet ma'muriyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.