Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABA-YOSHLARI O'RTASIDA "ILHOM" MUKOFOTI TANLOVI O'TKAZILDI
2023-03-28    427

Ma'lumki, respublikamiz Oliy ta’lim muassasalarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirish, ularni kitob o‘qishga da’vat etish va shu asosda ularning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish maqsadida "Ilhom" mukofoti tasis etilgan.

 

Joriy yilning 27-mart kuni Andijon davlat universiteti talaba-yoshlari o'rtasida mazkur tanlovning universitet bosqichi o'tkazildi. Tanlovda fakultet bosqichida g'olib bo'lgan 9 nafar yoshlar ishtirok etib, g'oliblik uchun bor mahoratlarini namoyish etdi.

 

Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra, Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Mo‘tabarxon So‘yibjonova 70 ball bilan 1-o'rinni, Filologiya fakulteti 3-bosqich talabalari Mo‘tabarxon So‘yibjonova hamda Xayrullo Abdullayevlar 66 ball bilan 2-o'rinni, Pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi Hidoyatxon Mamarasulova 56 ball bilan esa 3-o'rinni egalladi.

 

Universitet bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalarimizga viloyat bosqichida omad tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.