Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI "UNIVERSIADA-2022" SPORT MUSOBAQASINING G'OLIB VA SOVRINDORLARI BO'LDI
2023-03-27    467

Joriy yilning 25-26-mart kunlari Buxoro viloyatining “Humo” sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha “Universiada-2022” sport musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada Andijon davlat universitetining sportchi talabalari ham ishtirok etib, quyidagi natijalarni qo'lga kiritdilar.

ERKAKLAR O'RTASIDA:

3-o’rin - 81 kg vazn toifasida Abdulaziz Abdulazizov;

AYOLLAR O'RTASIDA:

1-o'rin - 52 kg vazn toifasida Zuxraxon Mamurjonova;
2-o’rin - 48 va 63 kg vazn toifalarida Ko‘hinur Ikromova hamda Maftunaxon Adhamova;
3-o’rin - 57 va 70 kg vazn toifalarida esa Bahoroy Yurg'unboyeva hamda Maftunabonu Maxmudovalar egalladi.

Sportchi talabalarimizni hamda ularga murabbiylik qilgan ustozlarini erishgan ushbu gʻalabalari bilan universitetimiz jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.