Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET TALABA-QIZLARI O'RTASIDA "PAZANDA QIZLAR" KOʻRIK-TANLOVI O‘TKAZILDI
2023-03-25    646

Kuni kecha Andijon davlat universitetining talabalar turar joylarida "Yoshlar va madaniyat" oyligi doirasida talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, ularda zarur hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida “Pazanda qizlar" koʻrik-tanlovi bo’lib o’tdi.

Tanlov doirasida TTJda istiqomat qiluvchi 30 dan ziyod qizlar xamir yoyib, xonim, turli shirinliklar va salat tayyorlash bo'yicha o'z mahoratlarini namoyish qildilar.

Tadbirda ishtirok etgan ayol professor-o'qituvchilar, tyutorlar, tarbiyachi-pedagoglar talaba-qizlarga tansiq taomlar tayyorlash, dasturxon bezatish, taomni mehmonlarga tortiq qilish borasida o'z maslahatlarini berdilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra, Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Fotimaxon Sayfuddinova hamda Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Gulchiroy Maʼmurova 1-o'rinni, Filologiya fakulteti talabasi Hitita Burakova 2-o'rinni egalladi.

Gʻolib bo'lgan talaba-qizlar universitet ma'muriyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.