Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETNING TALABALAR TURAR JOYLARIDA "O'LKAMIZDA BAHOR" MAVZUSIDA RASMLAR TANLOVI O‘TKAZILDI
2023-03-24    505

Bugun, 24-mart kuni Andijon davlat universitetining talabalar turar joylarida "Yoshlar va madaniyat" oyligi doirasida talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, yoshlarni madaniyat, san'at va rassomchilikka bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “O'lkamizda bahor” mavzusida rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi.

Tanlov doirasida universitetimizning 40 dan ziyod talaba-yoshlari ishtirok etdi. Rasmlar universitetning yuqori malakali ustozlari tomonidan baholandi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra, San'atshunoslik fakulteti talabasi Vasilaxon Odilova 1-o'rinni, Kamronbek Sharobiddinov 2-o'rinni, Sarvinoz Oribjonova esa 3-o'rinni egalladi.

Gʻolib va sovrindorlar universitet ma'muriyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.