Andijon Davlat
Universiteti
“OBOD VA FAYZLI MAHALLA – YURT KO‘RKI” SHIORI OSTIDA O’TKAZILGAN UMUMXALQ XAYRIYA HASHARIDA UNIVERSITET OBOD BO’LDI
2023-03-18    541

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirishda umumxalq hashari O‘zbekistonning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarida ko'tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda.

Bugun, 18-mart kuni Andijon davlat universitetida  “Navroʻz” umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish, hamda uni munosib kutib olish maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hashari o‘tkazildi.

Natijada universitetning asosiy hududlarida joylashgan barcha bino atroflarida tozalash ishlari olib borildi. Bu ishlar doirasida hududlarda jami 550 dan ziyod mavsumiy gul ko‘chatlari  o‘tqazildi, 400 tup daraxtga shakl berilib, tanalari oqlandi va ming metr masofadagi ariqlar tozalanib,  so'ng oqlandi.

Tashkil etilgan xayriya hasharida fidoiy professor-o’qituvchilar, jonkuyar ishchi-xodimlar va ko'ngilli talaba-yoshlar birgalikda universitet hududini yanada  go’zal va obod ko’rinishiga o’z hissalarini qo’shdilar.

O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayriya hashar natijasida universitet ozoda, shinam va obod holga keltirildi. Ko‘tarinki kayfiyat va yuqori uyushqoqlik bilan tashkil etilgan hashar jamoamizni yanada birlashtirdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.