Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA UCH AVLOD UCHRASHUVI O'TKAZILDI
2023-03-16    554

Har qanday jamiyatning yoshi ulug‘ odamlarga bо‘lgan e’tibori va g‘amxо‘rligi uning madaniy darajasini belgilaydi desak yanglishmagan bо‘lamiz. Soddagina о‘zbekona qilib aytganda, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat kо‘rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan. Ma’lumki har bir soha vakilining o’zining ustozi yoki “shu sohaning yetuk olimi, fidoyisi, ustasi” bo’lishida ma’lum miqdorda o’zining xissasini qo’shgan hamda hayotda uning qalbidan joy egallagan ustoz maqomidagi yaqin insoni bo’ladi.

Bugun, 16-mart kuni Andijon davlat universitetining ana shunday ustozlaridan biri, Zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Kozimjon Zokirovning 86 yoshni qarshi olganligi hamda pedagogik faoliyatiga 60 yil to'lishi munosabati bilan universitetning faollar zalida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

Tadbir avvalida, uchrashuv ishtirokchilariga ustoz Kozimjon Zokirovning hayoti va ijodi aks etgan videorolik namoyish etildi.

So’ng universitet o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustamjon Mullajonov so’z olib, ustoz haqiqiy olim, chindan ham bilim olib, kamolot cho'qqisiga yetishishimizda ustozning mashaqqatli mehnatlari borligini ta'kidlab, Axborot texnologiyalari bo’yicha prorektor Madaminjon Mahkamov hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi Mirzabahrom Botirov ishtirokida ustoz Kozimjon Zokirovga zar chopon kiydirildi.

Shundan so’ng, Zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri Alijon Husanov so’zga chiqib, Ustozning hayot yo’li to’g’risida ma’lumotlarni tadbir ishtirokchilariga yetkazib, K.Zokirovning 86 yoshlari bilan tabriklab, o’z sovg’alarini taqdim etdi.

Shuningdek, Andijon davlat universiteti professorlari Ibrohimjon Asqarov, Rustamjon Shamsitdinov, fan doktorlari Baxodir Raxmonov, Zokir Nusratiy, E.Ro’zimatov, N.Noraliyevalar so'zga chiqib, otalari Zokir Nusratiyning hayot va ijodi, u kishi tomonidan mustaqillik uchun olib borilgan ishlari haqida so'zlab, ustozni bugungi kunda talaba-yoshlarga ta'lim berib, ularning har tomonlama yetuk va bilimli bo'lib shakllanishida o'zining beminnat xissasini qo'shayotgan, yurtimiz ravnaqi, ilm-fan rivoji uchun mehnat qilayotganligi uchun universitet jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirdilar. 

Tadbir so'nggida Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Kozimjon Zokirov uzoq yillar davomida samarali mehnat faoliyati va hayot tajribalari haqida yoshlarga sо‘zlab, bugungi kunda bilim olishni istagan har bir  talaba-yoshlarimiz uchun kitob hamisha yordamchi ekanligini ta'kidladi. 

Bir sо‘z bilan aytganda, "Uch avlod uchrashuvi" chinakam ma’noda ma’naviy-ma’rifiy, adabiy kechaga aylandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.