Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO'YICHA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI
2023-03-14    561

Joriy yilning 14-mart kuni universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida sirtqi ta’lim shaklining tarix, matematika va informatika yo‘nalishlari talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas’ulmiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Botirov, sirtqi bo‘limi dekan o‘rinbosari va talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatida, dastlab, bo‘lim boshlig‘i A.Akbarov so‘z olib, bugungi suhbatdan ko‘zlangan maqsad qishki semestr yakunlari va yozgi semestr boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilayotganini aytib o‘tdi. Bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha jabhalarda korrupsiyaga qarshi kurash olib borilayotganligi O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi orqali ijtimoiy tarmoqlarda berib borilayotgan ma’lumotlardan barchamizga ma’lum. Shunday ekan biz ham qarab turmasligimiz va kurashishimiz lozim. Shuningdek har bir professor-o‘qituvchi, ishchi-xodimlar va talabalar Prezidentimizning targ‘ibot guruhi a’zosi ekanligini bilishi va his qilishi zarurligini bildirib o‘tdi.

Suhbat davomida bo‘lim boshlig‘i tomonidan yozgi semestr davomida ham o‘tkaziladigan joriy, oraliq va yakuniy nazorat imtixonlari, bitiruv malakaviy ishlari tayyorlanishida korrupsion holatlarni oldini olish hamda halollik va shaffoflikka erishish kerakligini uqtirib o‘tdi. Talabalarga bunday ishlarga duch kelganda yoki guvohi bo‘lgan taqdirda bo‘limning telegamdagi botiga va ishonch telefoniga murojaat qilishlarini tushuntirib o‘tildi.

Davra suhbatida xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi M.Botirov so‘z olib, kasaba uyushmasi tomonidan talabalarning huquq va erkinliklarini kafolatlanganligini va har qanday muammo va masalaga duch kelgan taqdirda kasaba uyushmasi tomonidan himoya qilinishini tushuntirib o‘tildi. Shu bilan birga talabalarga korrupsion holatga qo‘l urgan taqdirda kasaba uyushmasi tomonidan himoya ostiga olinmasligini uqtirib o‘tdi.

Shuningdek bo‘lim tomonidan universitetning barcha fakultetlarda talabalardan qishki semestr yakunlari oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazilishi bo‘yicha anonim so‘rovnomalar olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.