Joriy yilning 13-mart kuni Andijon davlat universitetida "Talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish" mavzusida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Andijon viloyati IIB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo'limi boshlig'i S.Qosimov, Diniy qo'mita Andijon shahar bosh imom xatibi Muhtohiddin qori, IIB ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish o'ta muhim ishlar bo'yicha tezkor bo'lim mutaxassisi S.Yoqubov, universitet profilaktika katta inspektori podpolkovnik U.Nazarov, korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi hamda talabalar ishtirok etdi.
Dastlab, IIB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bo'limi boshlig'i so'z olib, respublikamizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga erishilayotganligi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Universitet profilaktika katta inspektori podpolkovnik Ulug'bek Nazarov talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish zarurligi haqida so‘z yuritdi.
Muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida, mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI