Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA OBODONLASHTIRISH VA KOKALAMZORLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2023-03-11    622

Obod yurtning fayzi, tarovati o’zgacha bo’ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko’rkam bo’lishiga zamin yaratadi.

Bugun, 11-mart kuni Andijon davlat universitetida “Navroʻz” umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish, hamda uni munosib kutib olish maqsadida ta'lim muassasamizning ko'ngillilari, xo'jalik xodimlari ishtirokida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Ushbu obodonlashtirish ishlarida universitetning kirish qismi, asosiy hududda joylashgan asosiy bino atroflarida tozalash ishlari olib borildi. Bu ishlar doirasida hududlarda jami 350 dan ziyod turli xildagi gullar o‘tqazildi, 250 ta mevali va manzarali daraxtlarning tanalari oqlandi, 850 metr masofadagi ariqlar tozalanib so'ng oqlandi, universitet hududi chang g’uborlardan tozalandi, atrof yanada koʻrkamlashdi.

Ta'lim dargohimizni obod bo’lishiga o’zining munosib hissasini qo’shishni insoniy burchi deb bilgan universitet jamoasi bugun chindan ham ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatligimizni yana bir karra namoyon etdilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.