Andijon Davlat
Universiteti
IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTETIDA MINI FUTBOL BO'YICHA "DEKAN KUBOGI"GA START BERILDI
2023-03-10    440

Bugun, 10-mart kuni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani Talantbek Madumarov tashabbusi bilan talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fakultet talaba-yigitlari o'rtasida "Dekan kubogi" uchun sportning mini futbol turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Ushbu musobaqada fakultetning barcha yo'nalishlaridan tashkil topgan 12 ta jamoadan 6 ta jamoa maydonda murosasiz bahs olib bordilar.

Musobaqaning bugungi saralash bosqichidagi yakuniy natijalariga ko'ra:

Mexmonxona ho‘jaligini tashkil etish va boshqarish yo'nalishining 3-bosqich talabalari jamoasi 2:1 Gid hamrohligi yo'nalishining 1-bosqicha talabalari jamoasi;

Turizm (Faoliyat turlari bo‘yicha) yo'nalishining 1-bosqicha talabalari jamoasi 0:1 Amaliy psixologiya yo'nalishining 1-bosqicha talabalari jamoasi.

Ma'lumot o'rnida, musobaqaning final uchrashuvi joriy yilning 13-mart kuni universitetning yozgi "Arena"sida soat 13:30 da bo'lib o'tadi. Barcha ishtirok etayotgan jamoalarga turnirda omad tilab qolamiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.