Bugun, 10-mart kuni Andijon davlat universiteti San’atshunoslik fakultetida O'zbekiston Badiiy akademiyasi Komoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining iqtidorli talabalari Xushnudbek Tojimatov va Abdulaziz Ortiqmirzayevlar tomonidan “Sohir qalam mo'jizasi” nomli shaxsiy ko’rgazmalar namoyishi bo’lib o’tdi.
Ushbu ko’rgazmaga universitet birinchi prorektori A.Hamraqulov, viloyatimizning taniqli rassomlari, fakultet dekani, dekan o'rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar tashrif buyurib, yosh avlodning ijodiy ishlarini ko’zdan kechirdilar.
Iqtidor egalari tomonidan yaratilgan san'at asarlari ko’rgazmaga kelgan barcha tomoshabinni e’tiborini jalb etdi. Talabalarning ijodida yumshoq intеnsiv ranglar bilan bir qatorda, aniq va quvvatga to‘la uyg‘un ranglardan foydalanganligi universitet prorektori A'zamjon Hamraqulov hamda mutaxassislar tomonidan yuksak baholandi.
Quvonarlisi, ushbu ko’rgazmada Badiiy Akademiyaning Andijon viloyati bo'limi boshlig'i R.Ismonov hamda fakultet dekani Ch.Shokirovalar universitetimizning to'rt nafar ijodkor ustozlarini O'zbekiston Badiiy akademiyasiga qabul qilingani bilan samimiy qutladi va ijodkor ustozlarga guvohnomalar faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg'alari tantanali topshirildi.
Bu kabi ko‘rgazmalarni ta'lim muassasamizda ko'plab tashkil etilishi talaba-yoshlarda san’atga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otishda dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI