Bugun, 9-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev Tarix hamda Pedagogika fakultetlarining 560 nafardan ziyod bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Mazkur uchrashuvda universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektor, marketing va talabalar amaliyoti bo'limi boshlig`i, fakultet dekanlari, o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosarlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida, universitet rektori ta'lim muassasamizni bitiruvchi yoshlarga uchrashuvning asosiy maqsadi, uchrashuvdan ko’zlanayotgan natijalar haqida tushunchalar berib o’tdi.
Shundan so'ng, rektor bitiruvchilarni ishga joylashtirish, til bilish darajasi, kelgusida ularni o’z mutaxassisligi bo’yicha yetuk kadr bo’lib yetishishligiga alohida e’tibor qaratish kerakligi haqida gapirdi hamda hozirda rasman mutaxassisligi bo’yicha faoliyat olib borayotganlar haqida qiziqdi.
Suhbat davomida talabalarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va ilmiy ish olib borayotgan, o’quv markazi ochmoqchi hamda ishlash istagida bo'lgan talabalarga koʻmaklashish borasida masʼullarga topshiriqlar berdi.
Uchrashuv so'nggida bitiruvchilarni qiziqtirgan savollariga universitet rektori hamda o'quv ishlari bo'yicha prorektor yetarlicha javob berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI