Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA 8-MART – “XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN TANTANALI BAYRAM TADBIRI O'TKAZILDI
2023-03-06    605

Yangilanish va yasharish fasli bo’lmish bahor faslining ilk bayrami bugun ta’lim dargohimizda ham o’zgacha shukuhda, o’zgacha kayfiyatda nishonlanmoqda.

 

 

Bugun, 6-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayollari ardoqlangan yurt” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

 

Dastlab, katta ekranda sana munosabati bilan talaba-yigitlar tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi va barcha ayol-qizlarimizga esdalik sovg’alari ulashildi.

 

Tantanali tadbirda universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev so’zga chiqib, Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan universitetimizning barcha munis va mehribon ayollarini, go’zal va betakror qizlarini o’zining eng samimiy tilaklari bilan tabriklab, tadbirni ochib berdi.

 

Shundan so'ng, universitetimizning iqtidorli talabalari tomonidan muqaddas ayollarga, nafosatli qizlarga va albatta, mehribon onalarga bag‘ishlangan eng yaxshi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy ruhdagi raqslar guldastasi taqdim etildi. Yangragan bayramona qo’shiqlar barchani raqsga chorladi.

 

Bayram tantanasiga kulgu va so'z ustasi Iskandar Hamroqulov tashrif buyurib, sevimli jamoamizga o'zining ichakuzdi hangomalari bilan tabassum hadya etdi.

 

Tadbirda yangragan barcha samimiy tilaklar har bir xotin-qizlarimizning yuzlarida quvonch, tabassum va minnatdorchilik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.