Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "QIZLAR DAVRASI" KO‘RIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI O‘TKAZILDI
2023-03-04    606

Ma'lumki, go‘zallik va nafosat bayrami bo‘lmish “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” hamda talaba qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida universitet xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan "Qizlar davrasi" ko‘rik-tanlovi tashkil etilgan edi.

Bugun, 4-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida fakultetlar bosqichida 1-o‘rinni egallab, universitet bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiitgan 9 nafar iqtidorli, zukko, tashabbuskor qizlar oʻrtasida "Qizlar davrasi" ko‘rik-tanlovining yakuniy universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov qatnashchilarining chiqishlarini nizom asosida holis va adolatli baholash uchun O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova raisligidagi hakamlar jamoasi, viloyat axborot-resurs markazi rahbari Gulnoraxon Ismoilova, viloyat xotin-qizlarni tadbirkorlikka o’qitish markazi rahbari Muqaddasxon Karimova, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Zilolaxon Toshtemirova, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi “Ixtisoslik fanlari” bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shoxida Komilovalar taklif etildi.

Tanlovni universitet birinchi prorektori Aʼzamjon Hamraqulov oʻzining bayram tabriklari, samimiy tilaklari bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilariga omad tiladi.

Tanlov davomida qizlar ifodali tanishtiruv chiqishlari, pazandalik, maishiy sohadagi bilim va malakalari, badiiy adabiyot mutolaasi, o‘z qiziqishlari hamda ijodkorlik mahoratlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra:
1-oʻrinni Tabiiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi Ummataliyeva Mohlaroy;
2-oʻrinni Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti 2-bosqich talabasi Gʻanijonova Komilaxon;
3-oʻrinni Tarix fakulteti 1-bosqich talabasi Ozodbekova Goʻzaloy hamda Sanʼatshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi Ibrohimova Nasibaxonlar qoʻlga kiritdi.

Tadbir yakunida g'olib bo'lgan hamda faol ishtirok etgan iqtidorli talabalar rektorning esdalik sovg'alari hamda tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.