Andijon Davlat
Universiteti
VILOYAT HOKIMI SHUHRATBEK ABDURAHMONOV OTMLARINING TALABA-QIZLARI BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI
2023-03-02    660

Bugun, 2-mart kuni Andijon davlat universitetida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatdagi barcha oliy ta'lim muassasalarining 400 nafardan ziyod talaba-qizlari bilan uchrashuv o’tkazdi.

 

Uchrashuvda, dastlab viloyat rahbari dilbar talaba-qizlarimizni nafosatli bahoriy ayyom, ezgulik va goʻzallik tantanasi boʻlgan "8- mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" bilan viloyatimiz faollari, keng jamoatchilik nomidan samimiy tabrikladi.

 

Viloyat hokimi suhbat davomida, talabalarni chuqur bilim egallashga, izlanishga chaqirib, viloyat hokimi sifatida bu borada kerakli sharoitlarni yanada yaxshilashga va yaratishga doimo tayyor ekanini bildirdi. Suhbat chogʻida talaba-qizlarimiz ilm-fan, sanʼat va adabiyot kabi sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida gapirib berdi.

 

Shundan so’ng, Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofa vazirligi buyurtmasiga asosan, Oʻzbekiston milliy Kinematografiya agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “Dilshod media” studiyasi hamkorligida suratga olingan “Ayol qismati” filmida aldanib, urush olovi yonib turgan yurtlarga borib qolgan ayolning ayanchli taqdiri aks etgan kinofilmni tomosha qildilar.

 

Ushbu film talaba-qizlarni diniy-ekstremizmning jirkanch koʻrinishlari haqida keng tushuncha hosil qilishga, qolaversa, ularning qalbida tinch va farovon hayotimizga shukronalik, Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Uchrashuv yakunida barcha qizlarga viloyat hokimining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.