Andijon Davlat
Universiteti
"AHOLI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH" MAVZUSIDA OʻQUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI
2023-03-01    578

Bugun, 1-mart kuni Andijon davlat universitetining uchunchi maʼruzalar zalida Andijon viloyati FVB qoshidagi Hayot faoliyati havfsizligi bo'limi vakillari tomonidan "Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish" mavzusida oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.

 

O'quv seminarda viloyat FVBning Isteʼfodagi podpolkovnik Ilhomjon Xamraboyev, Hayot faoliyati fanining katta oʻqituvchisi Akmaljon Roʻziyev, shahar DYX inspektori Nuriddin Ikromov, universitet mehnatni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi Shuxratbek Qoʻzibekov va talabalar ishtirok etdi.

 

Seminar davomida, mutaxassislar tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida respublikada qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarning mazmun mohiyati qisqacha tanishtirildi va aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asosini tashkil etuvchi hujjatlar borasidagi bilimlarini oshirish bo'yicha tushunchalar berildi.

 

Ushbu seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.