Andijon Davlat
Universiteti
O'SH DAVLAT UNIVERSITETI VAKILLARI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA
2023-03-01    438

O‘sh davlat universiteti hamda Andijon davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik faoliyatini olib borish maqsadida imzolangan memorandumga ko‘ra, bugun O‘sh davlat universiteti vakillaridan iborat delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi.

 

Mehmonlarni kutib olish marosimi ko‘tarinki ruhda va tantanali ravishda amalga oshirildi. Delegatsiya a’zorlarini bosh binoda universitet rektori Akramjon Yuldashev boshchiligidagi jamoa kutib oldi.

 

So'ng O'sh davlat universiteti prorektori tomonidan rektor A.Yuldashevga esdalik sovg'alari tantanali topshirildi va universitet faoliyati bilan tanishtirish maqsadida kichik ekskursiya tashkil etildi.

 

Shundan so'ng, Jismoniy madaniyat fakultetida delegatsiya a’zolari ishtirokida fakultet dekanlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda  ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hamkorlik aloqalari yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi va takliflar bildirilib, fikr almashildi.

 

Tashrif yakunida O'sh davlat universiteti hamda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o'qituvchilari o'rtasida volleybol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.