Bugun Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev Filologiya fakultetining 300 nafar bitiruvchi talabalari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Dastlab, rektor Akramjon Yuldashev ta'lim muassasamizni bitiruvchi yoshlarga uchrashuvning asosiy maqsadi haqida tushunchalar berib, o'qish jarayonlarida faqat a'lo baholarga o'qib, jamiyatimiz uchun yetuk pedagog kadr bo'lib chiqishlarida hech qachon harakatni to'xtatmasliklarini ta'kidlab o'tdi.
Shundan so'ng, rektor bitiruvchilarni ishga joylashtirish, kelgusida ularni o’z sohasining mutaxassisi bo’lib yetishishligiga alohida e’tibor qaratish kerakligi haqida gapirdi hamda hozirda rasman mutaxassisligi bo’yicha faoliyat olib borayotgan talabalar bilan qiziqdi.
Tashkil etilgan muloqotda, bitiruvchi talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, oʻquv jarayoni va amaliyot oʻtash borasida takliflar bildirdilar. Uchrashuv davomida universitet rektori yoshlarning tashabbus va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI