Xabaringiz bor, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan so‘nggi yillarda viloyatimizni ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, 28-fevral kuni Andijon davlat universitetida Tabiiy fanlar fakultetining "Yashil makon" volontyorlari tomonidan “Andijonni rayhonzorga aylantiramiz” aksiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Ushbu aksiyada "Yashil makon" volontyorlari va ko'ngilli 25 nafar talabalar faol ishtirok etib, universitet hududiga rayhon urug'larini hamda turli xil manzarali gullar ekdi.
Ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish bahorning eng muhim tadbirlaridan. Navro‘z ayyomida amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar tufayli yurtimizda bog‘-rog‘lar tobora kengaymoqda. Shu kunlarda ko‘chat ekish, bog‘ va gulzor yaratishdek ezgu vazifa universitetimizning barcha professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlarimizning burchiga aylandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI