Andijon Davlat
Universiteti
"QIZLAR DAVRASI" KOʻRIK-TANLOVINING FAKULTETLARARO BOSQICHI OʻTKAZILDI
2023-02-28    577

Joriy yilning 27-fevral kuni Andijon davlat universitetining ikkinchi talabalar turar joyida “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan ta’lim muassasamizda tahsil olayotgan talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash hamda ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi tomonidan “Qizlar davrasi” tanlovining fakultetlararo bosqichi bo’lib o’tdi.

Tanlovda tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakultetlarida tahsil olayotgan 7 nafar talaba-qizlar oʻrtasida saralash bosqichini kafedralardagi tajribali professor-oʻqituvchilardan iborat hayʼat tarkibi xolis va adolatli baholab bordi.

Koʻrik-tanlov davomida qizlar pazandachilik, maishiy sohadagi bilim va malakalari, badiiy adabiyot mutolaasi, oʻz qiziqishlari va ijodkorlik mahoratlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Eslatib oʻtamiz, koʻrik-tanlovning fakultet gʻoliblari oʻrtasidagi yakuniy universitet bosqichi 4-mart kuni asosiy binoda joylashgan katta majlislar zalida oʻtkaziladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.