Avval-azaldan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, diniy qarashlari, hayot tarzi, an’analari umumiylik va o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan, “Turkiston”, “O‘rta Osiyo”, “Markaziy Osiyo” nomlari bilan mashxur mintaqa xalqlarining o‘zaro qardoshlik aloqalari keyingi yillarda tamomila yangi bosqichga ko‘tarildi.
O‘zbekistonning Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorligi tobora yangi-yangi yo‘nalishlarni qamrab olmoqda. Shu jihatdan olganda, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti hamda uning tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, ayniqsa, Qozog‘iston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bevosita ushbu mamlakatlarning bir qator olimlari bilan o‘rnatgan aloqalari alohida e’tiborga loyiq.
Andijon davlat universiteti hamda Qozog‘istonning Ch. Valixonov nomidagi Tarix va etnologiya instituti o‘rtasida ilmiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum tuzilgan. Bu hujjat tufayli tomonlar o‘rtasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish borasidagi sheriklik yangi mazmun bilan boyidi. Ayni paytda 2022-yil 27-oktabr kuni “XX asrning 20–50-yillarida O‘rta Osiyo respublikalari hududida qozoqlar o‘rtasida amalga oshirilgan siyosiy qatag‘onlar” mavzusida Olmaotada konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada Qozog‘istonda tashkil etilgan “Siyosiy qatag‘on qurbonlarini to‘lasincha reabilitatsiya qilish bo‘yicha davlat komissiya”si a’zosi Baltabayeva Kulgazira Nurunbetova amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib, Andijon davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori, Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori Rustambek Shamsutdinovning nafaqat O‘zbekiston, balki butun O‘rta Osiyo xalqlari vakillarini Sovet davlati tomonidan qatag‘on qilinishi tarixi bo‘yicha mukammal asarlar yaratganini va ushbu asarlar ko‘pchilik olimlar uchun ilmiy manba bo‘lib xizmat qilganini alohida qayd etdi.
E’tiboringizga Kulgazira Baltabaevaning rus tilidagi ma’ruzasini havola etmoqdamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI