Andijon Davlat
Universiteti
XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA KENG KO'LAMLI ISLOHOTLAR
2023-02-23    467

Ma’lumki, Andijon davlat universitetiga hamkorlik doirasida Ege universiteti Fan fakulteti dekani, Prof. Dr. Dincher Ayaz, Biologiya bo‘limi boshlig‘i Prof. Dr. Kerim Chichek va Prof. Dr. Ferah Sayimlarning tashrifi davomida 3 kun belgilangan grafik asosida maʼruza mashgʻulotlari o‘tkazilishi belgilangan edi.


Joriy yilning 20-22-fevral kunlari Ege universiteti professorlari Tabiiy fanlar fakultetining Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishining 1-2-3-boschqich talabalariga "Bigeografiya", "Garbologiya va ekotoksikologiya", "Iqlim o‘zgarishi va ekologik moslashuv" fanlaridan dars mashg‘ulotlarini olib bordilar.

Tashrif yakunida Ege universiteti professorlariga Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev tomonidan zar chopon kiydirilib, "Andijon davlat universiteti Faxriy professori" unvoni tantanali topshirildi va hamkorlik doirasidagi tashrifi uchun universitet jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.