Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETNING TALABALAR TURAR JOYIDA PSIXOLOGIK TRENING TASHKIL ETILDI
2023-02-25    634

Kuni kecha Andijon davlat universitetining uchinchi talabalar turar joyida tyutor Zulayxo Uzoqova tomonidan talabalar oʻrtasida  stressni yengish hamda yoshlar oʻrtasida yuzaga keladigan koʻngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida psixologik trening tashkil etildi.

Treningda savollar sodda va oddiy tuzilgan bo'lsada, ishtirokchilarni mantiqiy fikrlashga undadi. Psixologik savollarga javob berar ekan, har bir talaba o'z xarakterini tahlil qilib kelajagi uchun kerakli va zarur yo'nalishlarini belgilab oldi.

Tashkil etilgan ushbu trening barcha talaba-yoshlarga birdek manzur bo'ldi va bu kabi psixologik treninglar ular faoliyatiga ijobiy ta'sir etibgina qolmay, ruhiyatida birmuncha osoyishtalikni ta'minlashga yordam beradi degan umiddamiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.