Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABASI MALIKAXON QAXXOROVA O'ZBEKISTON CHEMPIONI
2023-02-25    384

Xabaringiz bor, joriy yilning 22-25–fevral kunlari Toshkent shahrida sportning kurash turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 4-bosqich talabasi Malikaxon Qaxxorova universitetimiz sha'nini himoya qildi.

Quvonarlisi sportchimiz Malikaxon 70 kg vazn toifasida barcha raqiblarini munosib yengib faxrli 1-o‘rinni egalladi va Osiyo chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

G‘olib bo‘lgan sportchimizni va unga saboq bergan ustozlarini ushbu yuksak g‘alaba bilan universitet jamoasi nomidan samimiy qutlab, kelgusida bundanda yuqori cho‘qqilarni egallashida ulkan zafarlar tilayamiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.