Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET TALABALAR TURAR JOYIDA TALABALAR UCHUN MA’NAVIY-MA’RIFIY KECHA TASHKIL ETILDI
2023-02-23    571

Bugun, 23-fevral kuni Andijon davlat universitetining ikkinchi talabalar turar joyida talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maʼdaniy-maʼrifiy kecha oʻtkazildi.

Tadbir davomida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar o’rtasida o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yini g’oliblari, "Eng naʼmunali xona" nominatsiyasi hamda @ADUtalaba24 platformasida oʻtkazilgan "Mening talabalik davrim" nomli tanlovlarda g’olib bo’lgan talaba-yoshlar universitet ma’muriyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg’lari bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida universitetning iqtidorli talabalari tomonidan bayramona shoʻx kuy-qoʻshiqlar, raqslar ijro etildi va barchaga yuqori kayfiyat bagʻishladi.

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va ma'rifat boʻlimi hamda Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan tadbir barchaga birdek manzur boʻldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.