Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "QIZLAR DAVRASI" FAKULTETLARARO KO‘RIK-TANLOVI BO’LIB O’TADI
2023-02-21    506

"8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan, talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan "Qizlar davrasi" ko‘rik-tanlovini o‘tkazilishi e’lon qilinadi.

 

Ko‘rik-tanlov davomida qizlar pazandachilik, maishiy sohadagi bilim va malakalari, badiiy adabiyot mutolaasi, o‘z qiziqishlari va ijodkorlik mahoratlari bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan talaba-qizlar o‘zi tahsil olayotgan fakultet dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisiga murojaat qilishlari lozim.

 

Ko‘rik-tanlovning fakultetlararo bosqichi joriy yilning 24-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar, g‘oliblar o‘rtasidagi yakuniy universitet bosqichi esa 4-mart kuni asosiy binoda joylashgan katta majlislar zalida bo'lib o'tadi.

 

“Qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari universitet rektori tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.