Xabaringiz bor, universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev belgilangan grafik asosida 20-25-fevral kunlari 2022-2023-o'quv yilida oliygohimizni tamomlayotgan talabalar bilan uchrashuv o'tkazishi belgilangan.
Bugun, 21-fevral kuni universitetimiz faollar zalida Tabiiy fanlar fakultetining biologiya, kimyo, hamda geografiya yo'nalishlarini tamomlayotgan 553 nafar talabalar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Rektor talabalarga oliy taʼlim tizimidagi tub oʻzgarishlar, talabalar uchun berilayotgan imtiyozlar, grandlar haqida soʻz yurutdi va yoshlarni kasbga yo'naltirish, hayotda o'z yo'llarini topishga ko'maklashish, universitet bitiruvchilari bandligini ta'minlash, yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mavjud muammolarni oʻrganish, ularga yechim topish borasida fikr almashdi.
Shundan so’ng, talabalar tomonidan ham bir qator takliflar ilgari surilib, aksariyat takliflar rektor tomonidan to’liq qo’llab-quvvatlandi. Ba’zi takliflar esa o’rganilib, nazoratga olinishi bo’yicha mas’ul dekan va dekan o’rinbosarlariga topshriqlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI