Andijon Davlat
Universiteti
SCOPUS VA WEB OF SCIENCE MAʼLUMOTLAR BAZALARIDAN FOYDALANISH BOʻYICHA SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI
2023-02-20    377

Andijon davlat universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Iqboljon Karimjonov tomonidan Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalaridan foydalanish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi.

Ushbu seminarda universitetimiz kafedra mudirlari, dekan oʻrinbosarlari hamda professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.

Seminar-treningda Iqboljon Karimjanov tomonidan Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, maqolalar kiritish, grant olish, mualliflik nomlarini qoʻshish, izoh va mulohazalar berish, oʻzining reyting natijalarini koʻrish, joylangan maqolalarga javobgarlik huquqlari haqida amaliy tarzda tushunchalar berildi.

Seminar soʻnggida bazalarning qay tarzda ishlashi boʻyicha toʻliq maʼlumotlar berilib, bazalarning maʼlumotlari videorolik koʻrinishida yetkazilishi taʼkinlandi va taklif va mulohazalar tinglandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.