Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 7-fevraldagi qarori bilan ikkita muhim hujjat, jumladan, Inson huquqlari sohasida milliy taʼlim dasturi boʻyicha "Yoʻl xaritasi" va "Jahon taʼlim dasturining toʻrtinchi bosqichini amalga oshirish qarori ijrosini taʼminlash doirasida "Inson huquqlari haftaligi" oʻtkazilishi belgilangan edi.
Bugun, 20-fevral kuni ushbu haftalik doirasida Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Ombudsmanning Andijon viloyat mintaqaviy vakili ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Unda universitet katta yurist-konsulti Moʻtabarxon Sodiqova, profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Ulug'bek Nazarov, Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekan oʻrinbosarlari, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuvda, dastlab, Ombudsmanning Andijon viloyati mintaqaviy vakili G.Abduvohidova soʻz olib, inson qadr-qimmati, shaʼni, g‘ururi, manfaatlari haqida uzoq gapirish mumkinligi va uni taʼminlash, huquqini amalda kafolatlash, inson huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi, qabul qilinayotgan barcha qonunlarning zamirida inson manfaati turganligini ta'kidlab o'tdi.
Darhaqiqat, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda barcha manfaatdorlik inson manfaati uchun yaratilmoqda. Inson huquqlari to'g'risida yanada chuqurroq bilimga ega bo'lishi uchun 2023-2024-o'quv yilidan boshlab barcha Oliy o'quv yurtlarida Inson huquqlari va Ayollar huquqlari bo'yicha o'quv kurslari joriy etilmoqda. Bu bizga Inson huquqlarini paymol bo'lishini oldini olishga juda katta yordam beradi. Biz talabalarga inson huquqlari bo'yicha chuqurroq bilim berish orqali jamiyatning har bir qismiga kirib bora olamiz - deydi Mo'tabrxon Sodiqova
Uchrashuv soʻnggida, talaba-yoshlarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va atroflicha muhokama etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI