Andijon Davlat
Universiteti
O‘ZBEK-TURK FAN VA TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK: MAQSAD, VAZIFA VA ISTIQBOLLI REJALAR
2023-02-20    569

Xabaringiz bor, Turkiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari forumida Andijon davlat universiteti va Egey universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolangan. Buning natijasida, universitetimiz professor-o‘qituvchilari ushbu hamkor oliy ta’lim muassasasining ilmiy amaliyot va seminar-treninglarida ishtirok etib kelmoqdalar.

 

Joriy yilning 20-fevral kuni Andijon davlat universitetiga hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Ege universitetining tabiiy fanlar fakulteti dekani, professor Dincher Ayaz, biologiya bo‘limi boshlig‘i, professor Kerim Chichek va biologiya fanlari doktori, professor Ferrax Sayimlar tashrif buyurdilar.

 

Tashrif avvalida, Egey universiteti vakillari universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev qabulida bo’ldilar. Uchrashuvda Akramjon Yuldashev 6- fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida minglab insonlar vafot etganligi sabab, o’zining, qolaversa, universitet jamoasi nomidan hamdardlik bildirdi va joriy o‘quv yilidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish va amalga oshirish mehanizmlari, shu yilning 15-17 may kunlari bo‘lib o’tadigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi muhokama etildi.

Shundan so‘ng, universitetda tashkil etilgan O‘zbek-Turk qo‘shma ta’lim markazi va uning kelgusidagi faoliyati yuzasidan tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan fikr almashildi.

 

Ma'lumot o'rnida, Egey universiteti vakillarining tashrifi davomida 23-fevral kuniga qadar Andijon davlat universiteti talabalari va magistrantlari uchun belgilangan grafik asosida 12 soatdan iborat ma’ruza mashg'ulotlar o'tishi belgilangan.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.