Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET REKTORI BITIRUVCHI TALABALAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZDI
2023-02-20    463

Bugun, 20-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev Fizika-matematika fakultetining bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi.

 

Mazkur uchrashuvda universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektor, buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo'limi boshlig'i, fakultet dekani va fizika-matematika fakultetining 200 nafardan ziyod bitiruvchi talaba-yoshlari ishtirok etdi.

 

Uchrashuv avvalida universitet rektori ta'lim muassasamizni bitiruvchi yoshlarga uchrashuvning asosiy maqsadi, uchrashuvdan ko’zlanayotgan natijalar haqida tushunchalar berib o’tdi.

 

Shundan so'ng, rektor bitiruvchilarni ishga joylashtirish, kelgusida ularni o’z mutaxassisligi bo’yicha yetuk kadr bo’lib yetishishligiga alohida e’tibor qaratish kerakligi haqida gapirdi hamda hozirda rasman mutaxassisligi bo’yicha faoliyat olib borayotganlar haqida qiziqdi.

 

Suhbat davomida talabalarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va ilmiy ish olib borayotgan, o’quv markazi ochmoqchi hamda ishlash istagida bo'lgan talabalarga koʻmaklashish borasida masʼullarga topshiriqlar berdi.

 

Uchrashuv so'nggida bitiruvchilarning qiziqtirgan savollariga universitet rektori hamda o'quv ishlari bo'yicha prorektor yetarlicha javob berdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.