Hozirda barcha jabhada yoshlar masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish uchun nafaqat taʼlim muassasalari, balki, ota-ona va mahalla ham masʼul etib belgilangan. Kelajagimiz yoshlarning qoʻlida ekanligini unutmagan holda ular tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishini, shunday ishlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun barchamiz birdek harakatda boʻlmogʻimizni zamonning oʻzi talab qilmoqda.
Bugun, 16-fevral kuni Andijon davlat universitetida viloyat IIB jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Talonchilik va bezorilik jinoyatlarini oldini olish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda Andijon viloyati IIB jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig’i podpalkovnik Rahimjon Abduraimov, universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov, universitet profilaktika katta inspektori podpolkovnik Ulug'bek Nazarov, fakultet o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosarlari va 300 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi.
Suhbat avvalida joriy yilda fuqarolardan 1307 ta sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlmagan predmetlar olingan. Shundan 27 tasi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talbalardan aniqlanganligi va yana shu kabi statistik ma'lumotlar berildi. Ayrim yoshlar, jinoyatchilikning oqibatlari yaxshilikka olib kelmasligini bilib turib ham huquqbuzarliklarga qo‘shilib qolayotganligi achinarli - deydi Rahimjon Abduraimov.
Shundan so'ng, prorektor R.Mullajonov so'z olib, barcha sohalar kabi oliy ta'lim tizimida ham yildan-yilga yoshlarga ko‘rsatiladigan e’tibor ortib borayotganligi, ta’lim muassasalarda yoshlarni chuqur bilim olishi uchun eng ilg‘or ta’lim texnologiyaliri bilan jihozlanganligini alohida ta'kidlab, oliygohimiz talaba-yoshlarni chuqur bilim olib, kelgusida yurt ravnaqi uchun xizmat qiladigan, oz sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishiga ishonch bildirdi.
Yosh avlodni past saviyadagi ommaviy madaniyat taʼsirlaridan, milliy oʻziga xosligimiz, dunyoqarash va tafakkurimizga mutlaqo yot boʻlgan gʻoyalar, sunʼiy qadriyat va anʼanalardan, bir soʻz bilan aytganda, maʼnaviy tahdidlaridan asrash lozim.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI