Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "MEHR" OPERATSIYASI DOIRASIDA SURATGA OLINGAN “AYOL QISMATI” FILMINING NAMOYISHI BO'LIB O'TDI
2023-02-15    458

Mamlakatimizda, soʻnggi yillarda milliy kino sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali mehanizmlarini joriy etish, zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish borasida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, 15-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofa vazirligi buyurtmasiga asosan Kinomatografiya agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida "Dilshod media" studiyasi tomonidan suratga olingan "Ayol qismati" kino filmining namoyishi bo'lib o'tdi.

Ushbu badiiy filmda “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri "Sojida" timsolida juda taʼsirli yoritilgan boʻlib, filmning mazmun-mohiyati, inson qadri, Vatan sogʻinchi, tinchlik va farovonlikning qanchalik bebaho neʼmat ekanligi haqida soʻz yuritiladi.

Eng muhimi, voqealar juda jonli va taʼsirchan tarzda tomoshabinga yetkazilgan.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.