Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA "IKKI DUNYO SAODATIGA ERISHGAN ZOT" NOMLI MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI
2023-02-15    453

Andijon farzandi, qomusiy olim, shoh va shoir, yengilmas sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida "Ikki dunyo saodatiga erishgan zot" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tantanali tadbirni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev buyuk shoir haqidagi samimiy fikrlari bilan ochib berdi.

 

Shundan so'ng, Filologiya fakulteti dekani Bahodir Rahmonov so'zga chiqib, Zahiriddin Muhammad Boburning betakror she'riyati, sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma'lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidlab, shoirning ijodlaridan misollar keltirdi, sahna asarlaridan parchalar o'qib berdi.

 

Tadbirda Bobur siymosi gavdalantirildi. Xonanda Halim Joʻrayev Boburning gʻazallari asosida bastalangan kuy- qoʻshiqlari bilan tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

 

Tadbir davomida, Filologiya fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishlari, Boburning gʻazalu ruboiylari, shoir gʻazallari asosida ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

 

O’tkazilgan ushbu kecha, har bir ishtirokchining qalbida Bobur siymosiga chuqur hurmat va ehtirom uyg’otdi. Tadbir barchaga birdek manzur bo'ldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.