Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash hamda jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bugun, 15-fevral kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi boshligʻi, yuridik fanlari doktori, professor Ikromjon Fozilov, Andijon viloyati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimi Saidabror Akbarov, Andijon davlat pedagogika instituti, Andijon davlat chet tillar institutining vakillari, universitet oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Rustamjon Mullajonov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Yuridik fanlari doktori, professor Ikrom Fozilov so'z olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6196-son Farmonining mazmun-mohiyati, shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizmini amalga oshirishda o'zining fikrlarini bildirdi.
Uchrashuv mobaynida mazkur dolzarb masalalar yuzasidan ishtirokchilarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI