Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA “TURLI YOT G'OYALAR TA'SIRIDAN YOSHLARNI OGOH ETISH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI
2023-02-15    503

Bugungi kunda globallashuv va axborot almashinuvi asrida yoshlarimizni turli yot g‘oyalar va zararli ta’sirlardan asrash asosiy vazifaga aylanib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi buzg‘unchi g‘oyalar, odam savdosi, giyohvandlik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash bugungi kunda nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda eng katta muam­moga aylanib bormoqda.

 

Bugun, 15-fevral kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Davlat xavfsizlik xizmati vakillari ishtirokida “Turli yot g'oyalar ta'siridan yoshlarni ogoh etish” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

 

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Jahongir Meliqo'ziyev, Davlat xavfsizlik xizmati mas'ul xodimi Anvarjon Abdullayev, universitet birinchi prorektori A.Hamraqulov, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Dastlab, Jahongir Meliqo'ziyev diniy-ekstremistik oqimlarning jamiyatimiz barqarorligiga tahdidi respublikamizdagi ijtimoiy siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish, fuqarоlarni, ayniqsa, yoshlarni qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berayotgan hududlarda faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlar haqida aniq ma'lumotlar bilan gapirib o‘tdi.

Zero, Yangi O‘zbekistonning Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlash hamda uning tadrijiy rivojlanishiga hissa qo‘shish barcha vatandoshlarimizning ezgu orzu umidlaridan biriga aylanmog‘i kerak. Ushbu ulug‘vor maqsadga erishish yo‘lida yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish yoshlarning axloqiy ma’rifatini yuksaltirish barobarida, «Tafakkur uchun kurashish»ga xizmat qiladi - deydi Anvarjon Abdullayev.

Tadbir so'nggida diniy ekstremizm va terrorizmning fojeali oqibatlari tasvirlangan hujjatli film namoyish etildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.