Andijon davlat universitetining faollar zalida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish bo'yicha davra suhbati o’tkazildi.
Unda Andijon viloyati IIB tergov boshqarmasi boshliq o'rinbosari Mayor Alijon Mirzayev, universitet profilaktika katta inspektori Ulug'bek Nazarov, o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig'i Abdukarim Akbarov, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari va 300 dan ziyod talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatini Rustamjon Mullajonov kirish so‘zi bilan ochib, ta’lim muassasamizdagi professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish kerakligini ta'kidlab, so’z navbatini Andijon viloyati IIB xodimi Alijon Mirzayevga berdi.
Mayor Alijon Mirzayev o‘z so‘zida, bugungi kunda respublikamizda jumladan, Andijon viloyatida qotillik va ogʻir tan jarohati yetkazish kabi jinoiy holatlarning salmogʻi oshib borayotgani va bu borada viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Ayrim yoshlar, jinoyatchilikning oqibatlari yaxshilikka olib kelmasligini bilib turib ham huquqbuzarliklarga qo‘shilib qolayotganligi, eng achinarlisi talaba yoshlar orasida turli tadbirlarda alkogol ichimliklarni iste’mol qilib, o‘rtoqlari bilan janjallashish va tan jarohati yetkazish holatlari uchrab turganligi, O‘zbekistonning ertangi kunining ishonchi va egalari bo‘lgan yoshlarimizning bunday jinoyatlarga qo‘l urayotganligi achinarli holat ekanligi, jinoyatchilikka qarshi barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib kurashishimiz zarurligini aytib o‘tdi.
Viloyat IIB tergov boshqarmasi boshliq o'rinbosari so‘zini yakunlar ekan, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarga qaramasdan, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari kuzatilib turilayotganligi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli holat ekanligi, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari atrofimizdagi voqealarning asl mohiyatini xalqimizga, ayniqsa, yoshlarimizga to‘g‘ri tushuntirish ishlarini olib borishda alohida rol o‘ynashlari, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI