Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA O'TKAZILGAN "UNIVERSAL QUIZ" TURNIRINING G’OLIBLARI ANIQLANDI
2023-02-14    386

Ta'lim muassasamizda talabalarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasini muntazam oshirib borish, ularning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.



Bugun, 14-fevral kuni Andijon davlat universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida keng qamrovli Zakovatning quiz yo‘nalishi bo‘yicha «UniversalQuiz» turniri bo‘lib o‘tdi.


48 ta jamoa 450 dan ziyod talabalarni jamlagan turnirning yakuniy natijalari quyidagicha:

1-o‘rin Filologiya fakultetining "ladies and gentlemen" jamoasi;
2-o‘rin Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti "Anonymous" jamoasi;
3-o‘rin Tarix fakultetining "Oligarx" jamoasi egalladi.

Mazkur turnirda g'olib bo'lgan jamoalarga universitet ma'muriyati tomonidan universitet rektorining tashakkurnomasi hamda bir-biridan ajoyib qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

G‘olib va sovrindorlarni hamda turnir qatnashchilarini tabriklaymiz va o'zimizning minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.