Andijon Davlat
Universiteti
OLIMA VA TADQIQOTCHI XOTIN-QIZLAR TANLOVINING TAQDIRLASH MAROSIMI O'TKAZILDI
2023-02-11    600

Joriy yilning 11-fevral kuni Andijon viloyati xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" ga bag‘ishlangan "Olima va tadqiqotchi xotin-qizlar" tanlovining taqdirlash marosimi tashkil etildi.



Andijon davlat universitetining  bir guruh xotin-qizlari ham o'zlarining ixtirolari va innovatsion mahsulotlari bilan ishtirok etib, quyidagi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar:



Axborot texnologiyalari kafedrasi oʻqituvchisi Otaboyeva Sevara – “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi” muallifi;
Oʻzbekiston tarixi kafedrasi oʻqituvchisi Qoʻchqorova Zulxumor – “Huquqshunoslik yoʻnalishidagi eng yaxshi innovatsion loyiha” muallifi;
ADU Axborot xizmati jurnalisti Oqqoʻziyeva Maxsuma – “Tibbiyot yoʻnalishidagi eng yaxshi innovatsion loyiha” muallifi;
Folklorshunoslik va dialektologiya yoʻnalishi 1 bosqich magistranti Sotvoldiyeva Moxinur – “Eng yaxshi maqola muallifi”;
Fizika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi Qosimjonova Hamidaxon – “Pedagogika boʻyicha eng yaxshi innovatsion loyiha” muallifi.


Tanlovda taqdirlangan olima va tadqiqotchi xotin-qizlarimizni Universitetimiz jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.