Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN "SHOH VA SHOIRLIK BAXTI" NOMLI ADABIY-BADIIY KECHA O'TKAZILDI
2023-02-13    475

Shu kunlarda mamlakatimiz bo’ylab oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir va ma'rifatparvar, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi keng nishonlamoqda.

 

 

Bugun, 13-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlangan "Shoh va shoirlik baxti" nomli adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi.

 

Ushbu tadbirda universitetimiz prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o’qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

Tantanali tadbirni ochib berish uchun, dastlab, universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev so’zga chiqib, Zahiriddin Muhammad Bobur haqida o’zining fikrlarini bildirib, uning saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ulkan qobilyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdi.

 

Shundan so'ng, shoir hayoti va ijodiga bag'ishlangan videorolik namoyish etildi.

 

Tadbir davomida tarix fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur, sahna koʻrinishlari, Boburning gʻazalu ruboiylari, shoir gʻazallari asosida ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladi.



Tadbir so'nggida sana munosabati bilan o'tkazilgan tanlov g'oliblari hamda tadbirda faol ishtirok etgan talaba-yoshlar universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan esdalik sovg'alari va badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.
 

O’tkazilgan ushbu adabiy-badiiy kecha har bir tomoshabin qalbida Bobur siymosiga chuqur hurmat va ehtirom uyg’otdi. Bobur yurti Andijonda mana shunday adabiy-kechalar, g’azalxonliklar davom etadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.