Andijon Davlat
Universiteti
QO‘SHMA TA'LIM DASTURI ASOSIDA XORIJIY OTMLARDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALAR BILAN ONLAYN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
2023-02-13    356

Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti qo‘shma ta'lim dasturi asosida 3 ta yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Bugun, 13-fevral kuni universitetning kichik majlislar zalida qo‘shma ta'lim dasturida tahsil olayotgan hozirda chet davlatda o‘qishni davom ettirayotgan talabalar bilan onlayn zoom dasturi orqali uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda universitetimiz prorektorlari, mas'ul kafedra mudirlari, xalqaro bo‘lim mas'ullari va xorijiy oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Qo’shma ta’lim dasturida o’qishni davom ettirayotgan talabalarni qiynayotgan masalalar, qishki semestr imtixon natijalari, yotoqxonalardagi shart-sharoitlar haqida suhbat olib borildi.

Ma'lumot o‘rnida, hozirda xorijiy oliy ta'lim muassasalarida 120 nafar talaba beshta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda.

Uchrashuv so‘nggida talabalarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va kelgusi o‘quv jarayonida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirib olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.