Ma'lumki, BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi yig'ilishida 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasida xotin-qizlar kuni sifatida e'tirof etilgan.
Bugun, sana munosabati bilan Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida “Vatandoshlar” jamoat fondi hamda universitet Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi hamkorligida AQSHning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridagi olima ayollari ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi.
Unda AQSHning Dana Farber Saraton Instituti, “Brigxam va ayollar kasalxonasi xalqaro Ijroiya salomatligi” loyihalari boʻyicha katta menejeri, “Vatandoshlar” jamoat fondi huzuridagi tibbiyot sohasi Ekspertlar Kengashi aʼzosi, ta'lim muassasamizdagi olima ayollar, ilmiy izlanishlar olib borayotgan pedagog xodimlar, tayanch doktorantlari, stajyor-tadqiqotchilari va magistr (talaba) qizlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida “Olima ayollarimizning safi kengayib borayotgani, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalari, innovatsion g'oyalari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati ta'lim va ilm-fan sohasi rivojiga salmoqli hissa qo'shayotgani mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan yuksak e'tibor, yaratilgan shart-sharoit hamda keng imkoniyatlar samarasidir», – dedi Umidaxon Ahmedova.
Tashkil etilgan muloqotda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI