Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA ALISHER NAVOIYNING 582 YILLIGIGA BAG'ISHLANGAN TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2023-02-10    546

Joriy yilning, 10-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida so'z mulkining sultoni Hazrati Mir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri tashkil etildi.

Dastlab, tantanali tadbirni filologiya fakulteti dekani, dotsent Bahodir Rahmonov kirish so'zi bilan ochib berdi va shoir shaxsiyatini buyuk mutasavvuf olim, shoir, davlat arbobi, bir so`z bilan aytganda, komil inson sifatida ulug`lab, talaba-yoshlarga ko`plab qo'shimcha ma`lumotlar berib o`tdi.

Navoiyni qancha koʻp oʻqisak, ijodini qancha chuqur oʻrgansak, uning betakror ijodini shu qadar teranroq anglab boraveramiz, – deydi Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi Gulifar Habibullayeva

Tadbirda universitetning iqtidorli talabalari tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur, sahna koʻrinishlari, Navoiyning gʻazalu ruboiylari, shoir gʻazallari asosida ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar, ijodkor yoshlar mushoirasi tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir so'nggida faol ishtirok etgan tadbir tashkilotchilari hamda talabalar universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.